Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar - iyun oylarida Oʻzbekiston havo yoʻllari orqali 1,1 million yoʻlovchi tashilgan.
Oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda yoʻlovchi tashish 70,9 foizga oshgan.
Havo transporti orqali tashilgan yoʻlovchilar soni:
2021-yil yanvar-iyun oylarida – 1 077,0 ming yoʻlovchi;
2020-yil yanvar-iyun oylarida – 630,3 ming yoʻlovchi.