IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berishicha. olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni oʻzlashtirgan shaxs fuqaro B.S.ning oʻgʻli 6 sinf oʻquvchisi, 2008-yilda tugʻilgan A.F. ekanligi aniqlangan.
Taʼkidlanishicha, surishtiruv ishlari davomida 14 yashar bola “PUBG” onlayn oʻyiniga mukkasidan ketgani, otasining plastigini oʻzining akkauntidagi hisobiga ulab, pullarni oʻyinga tikib yuborgani maʼlum boʻlgan.
“Hozirda toʻplangan hujjatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Hurmatli fuqarolar farzandlaringiz tarbiyasiga befarq boʻlmang, ularning mobil telefonlari va gadjetlarini koʻzdan kechirib boring”, deyiladi rasmiy munosabatda.