6 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish uchun tadbirkorlar taklif etilmoqda

    Biznes 23 Avgust 2020 2312

    Chiqindilarni boshqarish sohasida umumiy qiymati 12,6 mln AQSH doll. boʻlgan 6 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari eʼlonga qoʻyildi.

    Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan maishiy chiqindilar bilan ishlash sohasida Fargʻona, Namangan, Buxoro va Navoiy viloyatlarida jami 17 ta tuman, shaharlarni oʻz ichiga olgan, umumiy qiymati 12,6 mln AQSH doll. boʻlgan (970 ming dollardan 4,3 mln dollargacha) 6 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari 45 kunlik eʼlonga qoʻyildi:

    Fargʻona viloyatining Qoʻshtepa, Oltiariq va Yozyovon tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish;

    Namangan viloyatining Mingbuloq va Namangan tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish;

    Namangan viloyatining Namangan shahar va Toʻraqoʻrgʻon tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish;

    Navoiy viloyatining Uchquduq, Tomdi va Qiziltepa tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish;

    Navoiy viloyatining Navbaxor, Konimex, Nurota va Xatirchi tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish;

    Buxoro viloyatining Kogon, Qorovulbozor va Buxoro tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish.

    Sohaga ilk bora tadbiq etilayotgan ushbu loyihalarni amalga oshirishda xususiy sherik sifatida ishtirok etish istagi boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini taklif qiladi.