6 tasmali 3 ta yoʻl oʻtkazgich va avtomobil yoʻli ishga tushadi

    Urbanizatsiya 31 May 2021 923

    Ayni damda Yakkasaroy va Sergeli tumanlari boʻylab 6 tasmali 3 ta yoʻl oʻtkazgich va avtomobil yoʻlini qurishdagi yangiliklarga bagʻishlangan press-tur boʻlib oʻtyapti.

    Mazkur qurilish Toshkent shahrida yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish, transport qatnovi tirbandligining oldini olish, yoʻl oʻtkazgich va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish orqali aholiga yana-da qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshiriladi.

    Mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, yevro standartlar asosida yoʻl qurish borasidagi taklif va tavsiyalar asosida barcha koʻpriklar yigʻma temir-beton konstruksiyalardan quriladi va obyekt 9 ballik zilzilaga bardosh berishi koʻzda tutilgan.

    Qayd etilishicha, qurilish jarayonida Kichik halqa yoʻli tarafiga qoʻshimcha tushish va chiqish yoʻllari tashkil etiladi. Shuningdek, dastlabki taklifda koʻrsatilgan bir dona tonnel tipidagi koʻprik oʻrniga 5 ta koʻprik qurish ishlari ham olib borilyapti, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.