62 yil guvohnomasiz avtomobil` boshqargan haydovchi qo'lga tushdi

    U 82 yoshda

    Yaponiyaning Xyoge prefekturasida 82 yoshli chol Tosiyuki Isibasini politsiyachilar yoʻlda toʻxtatishdi. U mashinani xavfsizlik kamarini taqmasdan boshqarib borayotgan edi.

    Politsiyachilar undan haydovchilik guvohnomasini soʻraganda koʻrsata olmadi.

    Maʼlum boʻlishicha, u 20 yoshida yoʻl qoidasini buzgani uchun haydovchilik huquqidan mahrum qilingan ekan. Buni qarangki, Isibasi oltmish yildan koʻproq vaqt mashinani haydovchilik guvohnomasisiz boshqarib kelibdi.

    Bu xabarni tarqatgan Sankei gazetasi unga qanday chora koʻrilgani haqida maʼlumot bermagan.