6-fevral kuni mamlakatning katta qismida yomgʻir va qor koʻrinishida yogʻingarchilik kuzatiladi, shimoliy hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 1–6 daraja iliq, shimolda 2–7 daraja sovuq boʻladi.
7-fevral kuni respublika boʻylab asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanadi, Fargʻona vodiysida ayrim joylarda yomgʻir va qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunda esa 7–12 daraja iliq boʻladi.
8-fevral, yakshanba kuni yogʻingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Harorat kechasi 0–5 daraja, kunda 10–15 daraja iliqni tashkil etadi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin.
Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, 6 va 8-fevral kunlari ayrim hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayishi ehtimoldan xoli emas. Togʻli hududlarda vaqt-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻlib, qor koʻchishi xavfi mavjud.
Toshkent shahrida 6-fevral kuni yomgʻir va qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi harorat 3–5 daraja iliq boʻladi. Dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi, harorat yakshanba kuni kunda 13–15 daraja iliqqa yetadi.