Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida respublikamizda jami faoliyat yuritayotgan 5 375 ta toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 26,0 trillion soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,6 foizga oshgan.

Yirik korxonalar maʼlumotlari boʻyicha:

Kalava ip ishlab chiqarish – 36,9 foizga oshgan;

Gilam va boshqa toʻqimachilik pol qoplamalari – 54,3 foizga oshgan;

Narsa joylanadigan qoplar va paketlar ishlab chiqarish – 23,5 foizga oshgan.

Toʻqimachilik korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulushga ega hududlar:

Fargʻona viloyati – 14,6 foiz;

Toshkent viloyati – 10,2 foiz;

Qashqadaryo viloyati – 9,2 foiz;

Samarqand viloyati – 9,1 foiz.