Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 20 ta xorijiy davlatlarga qiymati 9,8 million AQSH dollariga teng boʻlgan 8,9 ming tonna qalampir eksport qilgan.

Qalampir eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,3 ming tonnaga oshgan.

Oʻtgan 7 oy mobaynida Oʻzbekiston qalampir mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 5,7 ming tonna;

Qirgʻiz R. – 960,5 tonna;

Germaniya – 535,8 tonna;

AQSH – 446,3 tonna;

Rossiya – 426,4 tonna;

Ukraina – 213,8 tonna;

Pokiston – 157,0 tonna;

Tojikiston – 135,8 tonna;

Ispaniya – 110,1 tonna.