Byuroning tuman bo'limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdor B.Razoqovni farzandi uchun moddiy ta'minotini vaqtida to'lanishi, aks holda qonunchilikga kiritilgan o'zgartirishlarga asosan ma'muriy qamoq jazosi belgilanishi bo'yicha tushuntirishlar beriladi.

Biroq, bundan to'g'ri xulosa qilmagan qarzdor ota farzandi uchun aliment summasini to'lashni paysalga solib keladi. Qarzdorlik esa oydan oyga o'tib, joriy yilning 1 iyun` holatiga ko'ra 3.811.395  so'mni tashkil etadi. 

Ogohlantirishni ham nazar pisand qilmagan qarzdor otaga amaldagi qonunchilikga ko'ra tuman ma'muriy sudning hukmi bilan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi. endi, B.Razoqov qamoqda o'ziga xulosa qilar.

       Mirsohib Raimov,

MIB CHust tuman bo'limi boshlig'i o'rinbosari