Qashqadaryo viloyati IIB va YHXB xodimlari bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumani hududida joylashgan “Umakay” muntazam YPX maskanida 2022-yil 4-iyun kuni soat 00.30 larda Surxondaryo — Toshkent yoʻnalishida harakatlanib kelgan, Surxondaryo viloyatida yashovchi, fuqaro B.T. boshqaruvida boʻlgan “Damas” rusumli avtomashinasi toʻxtatib tekshirilgan.
Avtomashina saloni koʻzdan kechirilganda, uning salonida tegishli veterinariya maʼlumotnomalarisiz, kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan, taxminan 700 kg. ogʻirlikdagi nomaʼlum hayvon goʻshti borligi aniqlanib, goʻsht mahsulotlarining sifatini aniqlash maqsadida Qashqadaryo viloyati oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasiga topshirildi.