Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filialida taʼlim olib, oʻqishini tugatayotganlar ichida 71 yoshli Chinnigul Doʻstxoʻjayeva ham bor.
Chinnigul opa filialning “Soz asbob ijrochiligi” taʼlim yoʻnalishining bakalavr bosqichini tamomladi.
– Orzum oliy maʼlumotli boʻlish edi. Mana unga erishdim. Hayotimning 50 yilini sanʼat sohasiga bagʻishladim. Endilikdagi maqsadim magistratura bosqichiga oʻqishga kirish, — deydi Chinnigul Doʻstxoʻjayeva quvonchini sigʻdira olmay.