Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari boʻyicha apellyatsiya instansiyasi sudlov hayʼatining tegishli qarori 2025-yil 5-iyunda qabul qilingan.

Unga ozodlikdan mahrum qilish oʻrniga 4,5-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi, shuningdek, 3-yil muddatga «Toshshahartransxizmat« tizimida moddiy javobgarlik va boshqaruv lavozimlarida ishlash taqiqlandi.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yilning fevral oyida Anvar Joʻrayev hibsga olingandi. Joriy yil boshida sud uni juda koʻp miqdorda oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish, soliq toʻlashdan boʻyin tovlash, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilib, juda koʻp miqdorda zarar yetkazish, mansab soxtakorligi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va JKning tegishli moddalarida nazarda tutilgan boshqa jinoyatlarda aybdor deb topgan edi. Unga 7,5-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.