Ma'lum bo'lishicha, fuqaro 2022-yil avgust oyida "Mondelux Kitchen"” MCHJdan jami 79 million 500 ming so'mlik oshxona mebellari to'plamini xarid qilgan. Mebellarning granit tosh qismi sifatsiz bo'lgani sababli, uni almashtirib berish uchun MCHJ rahbariyatiga bir necha marta murojaat qilgan, lekin muammo o'z echimini topmagan.
“Mondelux Kitchen” MCHJning bosh korxonasi Samarqand viloyatida joylashgan sabab, mazkur murojaat Samarqand shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ma'sul xodimlari tomonidan o'rganildi. Natijada, MCHJ rahbar va xodimlariga amaldagi qonun talablari bo'yicha tushuntirish ishlari olib borilib, 30 mart kuni iste'molchining xarid qilgan mebellar to'plami yangisiga almashtirib berildi.