Ayniqsa, bayram kunlari munis va moʻtabar onajonlarimiz, dilbar opa-singillarimiz taʼrifiga eng goʻzal ashʼorlarni bitamiz. Bayram munosabati bilan butun yurtimiz boʻylab nafosat malikalari boʻlgan xotin-qizlarimizga alohida ehtirom koʻrsatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida Toshkent Fotosuratlari uyida “Ulugʻxalq qudrati joʻsh urgan zamon” shiori ostida “Oʻzbek ayoli-oʻtmish nafosat, kelajak ramzi” mavzusida 8- mart –Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan hujjatli foto koʻrgazma tashkil etildi.
Koʻrgazmada Oʻzbekiston milliy arxivlari hamda davlat arxivlarida saqlanayotgan ikki yuzga yaqin foto hujjatlardan iborat uch davrni yani Turkiston oʻlkasi (1860-1923-y.y) Oʻzbekistonning XXasr (1924-1990y.y) va Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqillik yillarini (1990-2021) aks etiruvchi ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy xayotlarini yoritib beruvchi foto suratlar namoyish etildi.