8-mart munosabati bilan necha kun dam olamiz?

    Mamlakatimizda 20 Fevral 2025 2815

    Hozirdan shu kabi savollar barchani qiynayotgani tabiiy. Keling hozir ushbu kun munosabati bilan necha kun dam olishimizni bilib olamiz.

    Mehnat kodeksida dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga koʻchirilishi belgilangan.

    Shunday qilib, 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kunida shanba, dam olish kuniga toʻgʻri kelgani sababli dam olish kuni 10-mart, dushanba kuniga koʻchiriladi.

    Bunda;

    — 8-mart, shanba — bayram kuni, dam olish kuni;
    — 9-mart, yakshanba — dam olish kuni;
    — 10-mart, dushanba — qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi.