Bu haqda Adliya vazirligining hayʼat majlisida maʼlum qilindi, deya xabar beradi OʻzA.
Videokonferensaloqa shaklida oʻtkazilgan majlisda adliya organlari va muassasalarining rahbar va masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan 130, shu jumladan 33 ta qonun, 34 ta Prezident hujjati, 46 ta Hukumat hujjati, 12 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqilgani qayd etildi.Shuningdek, kelib tushgan jami 93,4 ming murojaatning 82 foizi qonuniy hal etilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarida sudlarga kiritilgan 425 milliard soʻmlik daʼvo (ariza)lar qanoatlantirildi. Aholining huquqiy ongini oshirish boʻyicha 300 mingga yaqin targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish markazlari tomonidan esa joriy yil toʻqqiz oyida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 14 foiz koʻp, yaʼni 9,6 milliondan ortiq davlat xizmati koʻrsatildi.