Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-avgust oylarida togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 26,1 trillion soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

Bu jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 9,7 foizni tashkil etdi.

2021-yilning 8 oyida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi:

koʻmir – 3,2 million tonna;

neft – 463,9 ming tonna;

tabiiy gaz – 35,2 milliard kub.metr;

chaqiq tosh – 946,7 ming tonna;

shagʻal – 41,4 ming tonna;

kaolin – 219,6 ming tonna.