Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, respublikamizda 2021-yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 46 milliard kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 3,8 milliard kVt soatga oshgan. Oʻsish surʼati 9 foiz.
Jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmida:
Toshkent viloyati 23,1 foiz;
Sirdaryo viloyati 22,7 foiz;
Qashqadaryo viloyati 19,2 foiz;
Navoiy viloyati 15,7 foiz ulushga ega.