Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, respublikamizda 2021-yilning yanvar-avgust oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan qariyb 8 million tonna sement ishlab chiqarilgan.
Sement ishlab chiqarish oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 18,2 foizga oshgan.
Sement ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulushga ega hududlar:
Toshkent viloyati – 42,8 foiz;
Navoiy viloyati – 32,1 foiz;
Jizzax viloyati – 13,3 foiz;
Fargʻona viloyati – 8,2 foiz.