Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021-yilning yanvar—avgust oylarida xorijdan O'zbekistonga qiymati 95,8 million AQSH dollariga teng bo'lgan 1,9 million tonna sement import qilingan.
Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 555 ming tonnaga ko'p.
2021-yilning 8 oyida O'zbekiston tsement import qilgan asosiy davlatlar:
Qozog'iston — 898 ming tonna;
Qirg'iz Respublikasi — 496 ming tonna;
Tojikiston — 471 ming tonna;
Eron — 47 ming tonna;
Turkmaniston — 26 ming tonna.
Ma'lumot uchun, yurtimizda 8 oyda qariyb 8 million tonna sement ishlab chiqarilgan.