8 oyda umumiy ovqatlanish korxonalari qancha soliq toʻlagani maʼlum boʻldi

    Oʻzbekistonda shu yilning yanvar-avgust oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shugʻullanuvchi 19 443 ta yuridik shaxs tomonidan 850,3 mlrd soʻm soliq toʻlangan.

    Maʼlumotlarga koʻra, yanvar-avgust oylarida umumiy ovqatlanish korxonalari 850 mlrd soʻmdan ortiq soliq toʻlagan.

    Shundan, 145,3 mlrd soʻmi, yaʼni 17,1 %i 20 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 2 trln soʻmdan oshgan, qoʻllagan soliq imtiyozlari esa 38,5 mlrd soʻmni tashkil etgan.

    Ushbu soliq toʻlovchilar tomonidan taʼminlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

    — QQS – 61,4 mlrd soʻm;

    — JSHODS — 45 mlrd soʻm;

    — foyda soligʻi – 32,9 mlrd soʻm;

    — boshqa soliqlar — 6 mlrd soʻm