Maʼlumotlarga koʻra, yanvar-avgust oylarida umumiy ovqatlanish korxonalari 850 mlrd soʻmdan ortiq soliq toʻlagan.

Shundan, 145,3 mlrd soʻmi, yaʼni 17,1 %i 20 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 2 trln soʻmdan oshgan, qoʻllagan soliq imtiyozlari esa 38,5 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Ushbu soliq toʻlovchilar tomonidan taʼminlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

— QQS – 61,4 mlrd soʻm;

— JSHODS — 45 mlrd soʻm;

— foyda soligʻi – 32,9 mlrd soʻm;

— boshqa soliqlar — 6 mlrd soʻm