Toshkent shahar IIBB vaziyatni oʻrgandi. Aniqlanishicha, shu kuni bolalar yonida ularning buvisi, “Katta Olmazor” mahallasida yashovchi 1962-yil tugʻilgan M.U. boʻlgan. Ayol ikki nafar voyaga yetmagan nabiralarini nazorat qilmagani oqibatida, ular 8-qavatning panjara oʻrnatilmagan deraza tokchasida oʻtirgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 27-may kuni “Katta Olmazor” mahalla fuqarolar yigʻinida muhokama oʻtkazildi. Unda mahalla raisi, faollari va fuqarolari, tuman hokimi yordamchisi, Chilonzor tumani IIO FMB maxalla profilaktika inspektori, voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha inspektor, inspektor-psixologlar ishtirok etishdi.

Yigʻilishda bolalar xavfsizligini ularning ota-onalari tomonidan taʼminlash masalasi koʻtarilib, mavjud vaziyat muhokama qilindi. Xonadon egalari bilan psixolog-inspektorlar ishtirokida, bunday loqaydlik va eʼtiborsizlik natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ogʻir oqibatlar boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Tuman aholisiga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasi, yaʼni “Ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar” haqida eslatildi.