Qayd etilishicha, 16-oktyabr kuni soat 08:55 da Qorakoʻl tumani Quyi xoʻjalar qishlogʻida yashovchi N.R.ning uyida gaz chaqnashi sodir boʻlgan.
Oqibatda voyaga yetmagan 8 yoshli J.S. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.