U siyosatga aloqador oilada, Baltimor shahrida ulgʻaygan. Nensining dadasi mayor edi. Maktabni tamomlagan boʻlajak siyosatchi Vashingtonga yaqin hududdagi kollejda oʻqiydi va moliyachi Paul Pelosi bilan turmush quradi.
Spikerning siyosiy karyerasi 1976-yildan boshlanadi. 1988-yilda esa Kongress aʼzosi boʻladi. Kongressdagi faoliyati davomida Pelosi 2003-yilda AQSHning Iroqqa qarshi urushining asosiy opponentlaridan biri boʻldi. Bu oʻzini oqlaydi va 2006-yilda demokratlarning 12 yillik tarixida birinchi marta Kongressda boshqaruvni egallashiga yordam beradi. Nensi Pelosi esa spikerlikka munosib koʻrilgan AQSH tarixidagi birinchi ayol boʻladi.
Pelosi palatasi 2008-yilgi inqirozdan soʻng $ 840 milliard dollarlik stimul paketini qabul qiladi. 2018-yilda spikerlikka qayta saylangan Nensiga Donald Tramp bilan ishlash oson boʻlmagan. U oʻzi bilan qoʻl berib koʻrishmagani uchun Trampning nutqini namoyishkorona yirtib tashlagandi.
Bu yil spikerlik kursisini qayta egallash Pelosi uchun har qachongidan ham muhim boʻlishi mumkin.
“Biz yangi Kongressni noodatiy qiyinchiliklar davrida qayta tuzyapmiz. Hozir millat dardiga davo topish vaqti. Bizning asosiy vazifamiz esa koronavirusni yengish va biz buni albatta uddalaymiz”, – dedi Nensi Pelosi lavozimga kirishish nutqida, deb xabar beradi NBC News.