Bugungi kunda mazkur portalga 876 turdagi mahsulot joylashtirilib, ularning mamlakatimiz hududiga olib kirilishiga, yaʼni import qilinishiga taqiq qoʻyildi.
Mahsulot toʻgʻrisidagi axborotlarga koʻra, ular 171 turdagi oʻyinchoq, 77 turdagi elektrotexnika uskunalari, 26 turdagi yoritish jihozlari, 25 turdagi bolalarni parvarishlash uchun jihozlar, 24 turdagi zargarlik buyumlari, 43 turdagi kosmetika vositalari va boshqa mahsulotlardir.