Ushbu voyaga etmagan bolalarning aksariyat qismining ota-onalari Rossiya Federatsiyasi hududida boʻlish tartibini buzganligi sababli muqaddam mamlakatdan chiqarib yuborilgan boʻlib, shu kunning oʻzida ushbu 9 nafar bolalarga Bosh konsulxonada Vatanga qaytish guvohnomalari rasmiylashtirildi hamda Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi masʻul xodimlariga topshirildi.

Oʻz navbatida, Sankt-Peterburg etim bolalar va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni saqlash markaziga yaqin hamkorlik qilayotgani va u erga turli sababalar bilan kelib tushayotgan oʻzbekistonlik bolalarga gʻamxoʻrlik koʻrsatayotgani uchun alohida minnatdorlik bildirildi.