Ustoz muallimaning 9 nafar oʻquvchilari informatika fanidan viloyat olimpiadasining gʻoliblari boʻlishib, respublika bosqichiga yoʻllanma oldilar. Ayni kunlarda viloyat olimpiadasida gʻolib boʻlgan oʻquvchilar respublika bosqichiga qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, oʻz mehnati bilan Oʻzbekiston kelajagiga mustahkam poydevor barpo etayotgan Odinaxon Yoʻldoshevani erishgan yutuqlari bilan qutlab, viloyat hokimligining sovgʻasini topshirdi hamda ustozning oʻquvchilariga xalqaro olimpiadalarda muvaffaqiyatlar yor boʻlishiga ishonch bildirdi.

65-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatiga viloyat hokimligi tomonidan 16 ta kompyuter jamlanmasi sovgʻa qilinadigan boʻldi.