Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 10,5 million AQSH dollariga teng boʻlgan 558 ta elektromobil import qilingan.
Elektromobil importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 476 taga yoki qariyb 7 baravarga oshgan.
2021-yilning 9 oyida Oʻzbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?
Xitoy – 499 ta;
Turkiya – 24 ta;
Litva – 13 ta;
Germaniya – 8 ta;
AQSH – 6 ta;
Koreya – 5 ta;
Ispaniya – 1 ta;
Rossiya – 1 ta;
Gongkong – 1 ta.
2021-yilning sentyabr oyida Oʻzbekiston xorijdan 57 ta elektromobil import qilingan.