Xabarda aytilishicha, yanvar—sentyabr oylarida qurilish faoliyati bilan shugʻullanuvchi 30 384 ta yuridik shaxs tomonidan 6,3 trillion soʻmdan ortiq soliq toʻlangan.

Shundan 1 trilliondan koʻproq qismi, yaʼni 16,7 foizi 20 ta korxona hisobiga toʻgʻri kelgan.

Korxonalarda umumiy tovar aylanmasi 131 trillion soʻmdan oshgan boʻlsa, top-20 talikdagi soliq toʻlovchi tashkilotlarda bu koʻrsatkich 18 trillion soʻmdan koʻproq boʻlgan. Shuningdek, qurilish kompaniyalariga qoʻllangan jami soliq imtiyozi 328,5 trillion soʻmdan oshgan.

Toʻlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

  • QQS — 512,1 milliard soʻm;
  • JSHODS — 192,2 milliard soʻm;
  • ijtimoiy soliq — 180,6 milliard soʻm;
  • foyda soligʻi — 153,9 milliard soʻm;
  • boshqa soliqlar — 27,2 milliard soʻm.