Bu mamlakatimiz boʻyicha har 1 000 nafar aholiga oʻrtacha 271 ta murojaat toʻgʻri keldi. Shundan 908 ming 592 nafar bemor shifoxonalarga gospitalizatsiya qilindi.

Bu haqda Respublika tez tibbiy yordam markazining Tez tibbiy yordam xizmatini muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi rahbari Davlatbek Yoʻldoshev maʼlum qildi.

Eng koʻp murojaatlar:

Fargʻona viloyatida 1 million 123 ming 698 ta (11,6 foiz),
Andijon viloyatida 1 million 39 ming 160 ta (10,75 foiz),
Toshkent viloyatida 943 ming 865 ta (9,77 foiz),
Toshkent shahrida 939 ming 144 ta (9,72 foiz),
Namangan viloyatida 906 ming 52 ta (9,38 foiz) qayd etilgan.

Taqqoslash uchun: oʻtgan yilning yanvar-sentyabr oylarida yurtdoshlarimizdan tez tibbiy yordamga jami 9 million 233 ming 973 ta chaqiriq kelib tushgan edi.