9 oyda “Tez yordam”ga qancha chaqiriq kelib tushgani maʼlum boʻldi

    Shu yilning yanvar-sentyabr oylarida “Tez yordam”ga eng koʻp murojaatlar Fargʻona, Andijon, Namangan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan kelib tushgan.

    Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, shu yilning yanvar-sentyabr oylarida “Tez yordam”ga mamlakatimiz boʻyicha jami 9 million 958 ming 507 ta murojaat qayd etildi, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov. — Jumladan, bajarilgan chaqiruvlarning aksariyati, yaʼni 7 million 107 ming 703 tasi shoshilinch koʻrsatma bilan, shuningdek surunkali kasalliklar – 2 million 531 ming 699 ta va tugʻruqlar – 64 ming 446 tani tashkil qildi.

    Eng koʻp murojaatlar:

    — Fargʻona viloyati — 1 040 546 ta;

    — Andijon viloyati — 1 013 131 ta;

    — Toshkent shahri — 1 007 327 ta;

    — Toshkent viloyati — 933 600 ta;

    — Namangan viloyati — 905 000 ta qayd etilgan.

    Eng kam chaqiriq Navoiy viloyati (296 046 ta), Sirdaryo viloyati (335 010 ta), Jizzax viloyati (399 342 ta) va Buxoro viloyatida (482 325 ta) hamda Xorazm viloyatida (489 761 ta) kuzatildi.

    Eslatib oʻtamiz, hozirgi kunda “Tez yordam” xizmatida jami 2 853 ta tibbiy brigada faoliyat olib bormoqda, — deyiladi xabarda.