Koronavirus pandemiyasining respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta'sirini yumshatish borasida o'z vaqtida ko'rilgan choralar natijasida 2021 yilning 9 oyida yalpi ichki mahsulotning o'sishi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 106,9 foizni tashkil qildi. Jumladan, savdo aylanmasi hajmi 167,0 trln so'mni tashkil qilib, o'tgan yilga nisbatan 109,8 foizga o'sdi. Jami bozor xizmatlari hajmi esa 201,2 trln so'mni tashkil etib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 119,5 foizga o'sdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo'lib o'tgan navbatdagi yig'ilishda shu haqda ta'kidlandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilganidek, hisobot davrida Davlat byudjeti daromadlari 116,1 trln so'mni tashkil etib, belgilangan prognoz 108,4 foizga yoki 9 trln so'mga oshirib bajarildi. Davlat byudjetining jami xarajatlari 130,3 trln so'mni, shundan ijtimoiy sohalarga yo'naltirilgan xarajatlar 64 trln so'mni tashkil qildi. Ushbu amalga oshirilgan xarajatlar o'tgan yilning mos davriga nisbatan 27,5 foizga oshgan.

Qishloq xo'jaligi yo'nalishida hisobot davrida erlarni qayta foydalanishga kiritish, lalmi va yaylov erlarni o'zlashtirish yuzasidan sug'orish quduqlarini qazish, nasos agregatlarini o'rnatish hamda yangi mevali bog'lar va tokzorlar barpo etish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmokda.

Xususan, irrigatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, sug'orish mavsumida suv resurslarini iqtisod qilish maqsadida irrigatsiya ob'ektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish loyihalari bo'yicha 547,5 mlrd so'm yoki ajratilgan yillik limitga nisbatan 77 foiz, melioratsiya ob'ektlari loyihalari bo'yicha 209,3 mlrd so'm yoki ajratilgan yillik limitga nisbatan 81 foiz kapital qo'yilmalar o'zlashtirildi.

Hisobot davrida jami 201,2 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar, jumladan, tomchilatib, yomg'irlatib va diskret usulda sug'orish texnologiyalari joriy qilindi. 130,6 ming gektar qishloq xo'jaligi ekin maydonlarida lazer uskunali er tekislagichlar yordamida tekislash ishlari amalga oshirildi.

Respublika bo'yicha 146 ta meva-sabzavotchilik klasterlariga 116,8 ming gektar er biriktirilgan bo'lib, qiymati 216 mlrd so'mlik 9 ta investitsiya loyihalari ishga tushirildi.  42,2 ming gektar maydonda mevali bog'lar va 29,0 ming gektar uzumzorlar barpo etilib, 111 ta loyiha tashabbuskorlari tomonidan 270 gektar maydonda issiqxonalar tashkil etildi.

Respublika bo'yicha bugungi kunda 747 ta loyiha shakllantirilgan bo'lib, 283 ta tashabbuskorlar tomonidan 565,5 gektar maydonda issiqxonalar barpo etilib, 4 026 nafar ish o'rni yaratildi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “YOshlar daftari”ga kiritilgan aholini qishloq xo'jaligida ish bilan band qilish va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish uchun 604 ming gektar maydon ajratib berilib, jami 2 mln 942 ming nafar aholi mavsumiy ish bilan ta'minlandi.