Bu joriy yil 21-oktyabrda qabul qilingan “Hududlarni barqaror iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-186 farmon bilan belgilab qoʻyildi.
Mazkur 9 ta tashkilot quyidagilar:
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
- Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
- Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi;
- Qishloq xoʻjaligi vazirligi;
- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi;
- Madaniyat vazirligi;
- Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi;
- Yoshlar ishlari agentligi;
Qayd etilishicha, bunda tuman (shahar) hokimliklarida boshqaruvning ixcham va natijadorlikka yoʻnaltirilgan samarali tizimini yoʻlga qoʻyish maqsad qilingan.









