“Hududgaztaʼminot“ AJning xabar berishicha, quyidagi hududlarda 08:00 dan 18:00 ga qadar vaqtincha gazdan uziladi.
— Toshkent shahar Uchtepa tumanida 10:00 dan 18:00 gacha 550 ta aholi va 41 ta ulgurji isteʼmolchilarda;
— Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani (08:00 dan 19:00 gacha) va Nurafshon shahrida (09:00 dan 17:00 gacha) 39800 ta aholi va 605 ta ulgurji isteʼmolchilarda;
— Sirdaryo viloyati Guliston shahri, Sayxunobod va Xovos tumanlarida 09:00 dan 17:00 gacha 977 ta aholi va 49 ta ulgurji isteʼmolchilarda;
— Buxoro viloyati Buxoro shahri Kogon va Buxoro tumanlarida 09:00 dan 18:00 gacha;
— Andijon viloyati Andijon shahri va Ulugʻnor tumani dagi 19637 ta aholi va ulgurji isteʼmolchilarda;
— Namangan viloyati Namangan shahri da 09:00 dan 14:00 gacha 3400 ta aholi xonadonlarida;
— Surxondaryo viloyati Termiz shahri da 08:00 dan 16:00 gacha 4300 ta aholi va 67 ta ulgurji isteʼmolchilarda;
— Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 10:00 dan 17:00 gacha 1220 ta aholi va 5 ta ulgurji isteʼmolchilarda;
— Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir, Bogʻot va Urganch tumanlarida 09:00 dan 17:00 gacha 22353 ta aholi va 673 ta ulgurji isteʼmolchilarda;
— Navoiy viloyati Navoiy shahri va Navbahor tumanida 09:00 dan 17:00 gacha 834 ta aholi va 6 ta ulgurji isteʼmolchilarda;
Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi, — deyiladi xabarda.