Davlatimiz rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifidan soʻng yana bir ezgu ishga qoʻl urildi. Aholining suv bilan taʼminlanishini yaxshilash maqsadida “Toʻpalang” suv omboridan 400 km masofaga suv quvuri tortish ishlarining dastlabki bosqichi boshlab yuborildi.

Buning uchun mahalliy va xorijlik 40 nafar mutaxassis jalb etilgan. Katta bosim bilan keladigan bu suv 90 foiz aholini toza obi-hayot bilan taʼminlaydi.