Yuqoridagi kelishuvlarga asosan tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarning 50 nafari belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtib, sugʻurta xizmatlari koʻrsatildi va Fargʻona xalqaro aeroporti orqali Vladivostokka joʻnab ketdi. Shuni taʼkidlash joizki, yoʻl va turar joy xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
Shuningdek, Agentlik va Rossiya Federatsiyasining “MobiStaff” korxonasi oʻrtasida imzolangan kelishuvga asosan 9 nafar fuqaro Toshkent — Moskva yoʻnalishidagi aviareysi, “Promekskavatsiya” korxonasi oʻrtasida imzolangan kelishuvga asosan 32 nafar fuqaro Buxoro — Chelyabinsk yoʻnalishidagi aviareys orqali ishlash uchun tashkiliy tartibda Rossiyaga joʻnatildi.
Xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolar bilan targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi. Ularga tarqatma materiallar berildi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.