O'tkazilgan tadbirlar davomida Toshkent viloyatining Zangiota, Parkent tumani hamda Angren shaharlarida noqonuniy savdoga qo'yilgan alkogol va tamaki mahsulotlari aniqlandi. 

— Zangiota tumanida joylashgan do'kondan 5 turdagi 226 dona qiymati 12,1 mln so'mlik qalbaki aktsiz markali alkogol mahsulotlari; 

— Parkent tumanida fuqaroga tegishli omborxonadan 14 turdagi 5053 dona qiymati 69,1 mln so'mlik qalbaki aktsiz markali alkogol mahsulotlari;
 
— Angren shahrida 5 turdagi 1010 quti qiymati 12 mln so'mlik aktsiz markasiz tamaki mahsulotlari aniqlandi hamda ular vaqtincha olib qo'yildi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko'rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.