Vazirlik xabar berishicha, hozirda aholi punktlariga hech qanday xavf yo'q. O'rmon yong'inini o'chirishga Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O'rmon xo'jaligi qo'mitasi, mahalliy ijro hokimiyati organlari va Mudofaa vazirligidan 1 ming 800 dan ortiq kishi, 350 ga yaqin texnika jalb etildi.

O't o'chiruvchilar aholi punktlarida yong'in tarqalishining oldini olishga muvaffaq bo'ldi.

Shuningdek, jalb qilingan vertolyotlar yong'in hududini aerovizual tekshiruvdan o'tkazmoqda va yong'in o'chog'iga suv purkalmoqda. Yong'inni bartaraf etish uchun o'tgan kecha-kunduz davomida hajmi 1500 tonnadan ortiq, yong'in boshlanganidan buyon hajmi 4000 tonna suv savflandi, deb xabar beradi tengrinews.kz.