A.Kamilov maktubida O‘zbekiston Shvetsiyani Yevropadagi ishonchli hamkor deb bilgan holda, ushbu mamlakat bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy sohalarda uzoq muddatli va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga katta ahamiyat berishi taʼkidlangan.
A.K.Lindening maktubida davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik yuksak darajada ekanligi alohida qayd etilgan. Ikki tomonlama va xalqaro institutlar doirasida qator samarali muloqotlar amalga oshirilgani qayd etildi.
Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari o‘zaro hurmat, teng huquqlilik va do‘stlik tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Shvetsiya hamkorligi bundan buyon ham ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo‘lida rivojlanib borishiga ishonch bildirdi.