Tashqi siyosat idoralari rahbarlari Oʻzbekiston — Xitoy har tomonlama strategik sherikligining hozirgi holati va uni yana-da chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston va Xitoy Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2021-2022-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi imzolandi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.