Suhbat avvalida tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari mintaqamizga kirib kelgan tabiatning uygʻonishi va yangilanishini ifodalovchi anʼanaviy bahor bayrami – Navroʻz munosabati bilan samimiy qutlab, ezgu tilaklar bildirdi.
Vazirlar Oʻzbekiston-Afgʻoniston munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi holati hamda istiqbollarini muhokama qildi.
Transport, aloqa, energetika va boshqa infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, xususan, “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasi va “Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar temir yoʻlini qurishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar boʻlajak ikki tomonlama tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar va kelishib oldilar.
Suhbat davomida kun tartibidagi masalalar boʻyicha fikr almashildi.