Tadbir ishtirokchilari xalqaro kun tartibi va Hamdoʻstlik doirasidagi hamkorliking dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
MDHga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashi boʻlajak majlisining tashkiliy va mazmuniy jihatlari, jumladan, sammitda koʻrib chiqiladigan qator koʻp tomonlama hujjatlar loyihalari muhokama qilindi va kelishildi.
Uchrashuv yakunida MDHga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Biologik va zaharli qurollarini taqiqlash toʻgʻrisidagi Konvensiyani mustahkamlash toʻgʻrisidagi Qoʻshma bayonoti qabul qilindi, MDHga aʼzo davlatlar tarixchilari va arxivshunoslarining xalqaro uyushmasi (komissiyasi) toʻgʻrisidagi Nizom hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi doirasida 2022-yilda oʻtkaziladigan koʻp darajali tashqi ishlar idoralari oʻrtasidagi maslahatlashuvlar rejasi va boshqa hujjatlar tasdiqlandi.