Muloqot davomida joriy yil iyul oyida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ishlarining borishi yuzasidan fikr yuritildi, deya xabar qilindi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb saytida.
Xabarda qayd etilganidek, mazkur anjumanni oʻtkazish tashabbusi Markaziy va Janubiy Osiyoning barcha mamlakatlarida, shuningdek, yetakchi sherik davlatlarda keng qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Shu munosabat bilan, tadbirga mazmunan puxta tayyorgarlik koʻrish muhimligi, xususan, strategik muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, ayniqsa, transafgʻon yoʻlagini barpo etish boʻyicha uning natijalarining amaliy ahamiyati taʼkidlandi.
Tomonlar, shuningdek, Oʻzbekiston va xorijiy hamkorlar bilan oʻzaro manfaatli munosabatlarni kengaytirish masalalarini ham muhokama qildilar.