Hozirgi kunga qadar devorning qulagan qismi qor va yomgʻirlar natijasida nurab, madrasa sharqiy devorining toʻliqligicha qulab ketish xavfi yuzaga kelmoqda.

Madaniyat vazirligi tomonidan 2020-yil dekabr oyida madrasada taʼmirlash-tiklash ishlarini olib borish boʻyicha tayyorlangan loyiha YUNESKOning Umumjahon merosi markaziga taqdim etilgan. 

Loyiha markaz tomonidan maʼqullangunga qadar, ilmiy-ekspert kengashi va Buxorodagi koʻp yillik tajribaga ega ekspertlarning tavsiyasiga koʻra, obyektga zarar yetkazmagan holda, madrasa sharqiy devorining qulagan qismi ustini yopish rejalashtirilgan.

Shu sababli madrasaning sharqiy qismidagi aholi qatnov yoʻlagi vaqtinchalik yopilishi ham maʼlum qilindi.