Bu borada, A. Avloniy milliy-tadqiqot instituti rahbariyati ham ilmiy izlanuvchilar uchun Finladiyaga xizmat safarlarini tashkil etish boʻyicha Finlyandiyaning Oʻzbekistondagi faxriy konsuli Alisher Joʻrayev ishtirokida uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda A. Avloniy milliy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari va hududiy milliy taʼlim markazlarining  professor-oʻqituvchilari uchun maktab boshqaruv tizimi, liderlik qobiliyatlari, pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanish kompetensiyalari yoʻnalishlarida Finlandiyada stajirovkalarni amalga oshirishni kelishib olish borasida fikr almashildi.