Shundan 800 mingdan ortigʻi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Abdulla Azizov “103” avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida faol ishlagan tez tibbiy yordam podstansiyalarini taqdirlash marosimida maʼlum qildi.

Tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi dasturchilar bilan hamkorlik loyihasiga qoʻl urgan.

Loyihani Jahon banki moliyalashtirgan. “Tez tibbiy yordam xizmati faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” maqsadida qoʻngʻiroqlarni qabul qilish va qayta ishlashni avtomatlashtirish, maʼlumot almashish va tez tibbiy yordam brigadalarini boshqarish boʻyicha shoshilinch tibbiy yordamning markazlashtirilgan axborot tizimi kursi tematik takomillashtirish boʻyicha oʻqitish oʻtkazildi va kurslarni tamomlagan mutaxassislarga sertifikatlar topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligining tashabbusi va dasturchilar markazi ishtirokida “103” avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida faol ishlagan tez tibbiy yordam podstansiyalari taqdirlandi.

Hozirda Toshkent shahar tez tibbiy yordam xizmati tomonidan “103” avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi uchun quyidagilarni taʼminlashga imkon beradigan dasturiy apparat kompleks joriy etilgan:

Qoʻngʻiroqlarni qabul qilish, xizmat koʻrsatish va roʻyxatdan oʻtkazishni boshqarishning samarali mexanizmi;

Tez tibbiy yordam avtomashinalarini boshqarishni nazorat qilish, monitoring qilish va optimallashtirish;

Dispetcherlik xizmatini real vaqtda boshqarish, tahlil, maʼlumotnoma va hisobotlarni avtomatik yaratish;

Yagona maʼlumotlar bazasi shakllantirish;

Qoʻngʻiroqlarni tezkor roʻyxatdan oʻtkazish va bemor haqida maʼlumot olish;

Hisobot hujjatlarini yaratish, koʻrish kabi imkoniyatlar yaratildi.

Vazir oʻrinbosarining aytishicha, bir marotaba olingan maʼlumotlar tizimda elektron tarzda brigadaga toʻgʻridan toʻgʻri uzatiladi va bu bilan vaqtning bir necha marotaba kamayishiga olib keladi. Bu tizim oʻrnatilishidan avval esa chaqiriq haqidagi barcha maʼlumotlar avval dispetcher tomonidan qogʻozga tushirib olinar edi. Shundan soʻng, telefon orqali brigadalarni yoʻnaltiruvchi ikkinchi dispetcherga aytilib, u ham qogʻozga yuqoridagi maʼlumotlarni qayta tushirib, brigadaga shu ikkinchi marta toʻldirilgan qogʻoz bilan xabar uzatar edi.

Qolaversa, yangi tizim orqali chaqiriqdan boʻsh boʻlgan va chaqiriq manziliga eng yaqin boʻlgan tez tibbiy yordam brigadasiga xabar uzatish imkoni yaratilgan va ularning harakati onlayn kuzatib boriladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.