“Belarusskiy futbol” nashrining xabar berishicha, Belarusning “Energetik-BGU” klubi hamda O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettiradi. Nashrning yozishicha, o‘zbekistonlik 19 yoshli himoyachi Fransiya chempionati vitse-chempioni “Lans” klubi bilan shartnoma imzolagan. Fransuz klubi vakillari hozircha bu xabarni rasman tasdiqlamagan.
Lansliklar yakunlangan mavsumda Farnsiya chempionatida 2-o‘rinni egallagan holda Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olgan.
Avvalroq, O‘zbekiston yoshlar jamoasi (U20) safida Osiyo chempioni bo‘lgan va Argentinadagi yoshlar o‘rtasidagi JCH-2023da ishtirok etgan Abduqodir Husanov o‘yinlarini yevropalik skautlar kuzatgani haqida xabarlar tarqalgandi.