Bloger Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bilan ayblanmoqda:
- 141-1-modda (Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) 2-qismi “a ”, “b” bandlari;
- 165-modda (Tovlamachilik) 3-qismi “a” bandi;
- 168-modda (Firibgarlik) 3-qismi “b”, “v” bandlari, 4-qismi “a” bandi;
- 189-modda (Savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish) 1-qismi;
- 28-211-modda (Pora berishda ishtirokchilik) 3-qismi “a” bandi.
Ayblov xulosasiga koʻra, mazkur jinoyat ishi boʻyicha 14 nafar jabrlanuvchi mavjud boʻlib, jinoyat oqibatida ularga jami 903 421 567,5 soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudi raisi Sardorbek Sodiqov raisligida koʻrib chiqiladi.
U 2023-yil 8-fevralida hibsga olingandi.