Blits yoʻnalishidagi ochiq musobaqalar finalida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen bilan bellashdi. Shiddatli bahsda Karlsen 2,5:1,5 hisobida gʻalaba qozondi.
Natijada Nodirbek Abdusattorov blits yoʻnalishida 2025-yilgi jahon chempionatining kumush medaliga sazovor boʻldi.
Ayollar oʻrtasida esa qozogʻistonlik Bibisora Assaubayeva jahon chempioni boʻldi.